«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa hujumçisi Kriştianu Ronaldu bilan boğliq vaziyat xususida fikr yuritdi.
«Uning «Real» bilan şartnomasi bor. Qaçonki u Konfederatsiyalar kubogidan qaytsa, biz u bilan gaplaşişimiz mumkin. U halol va öz majburiyatlarini bajaradigan odam.
Men Jorjye Mendeş bilan gaplaşdim, xavotirlanadigan gap yöq. Kutiş kerak. Ronaldu esa qattiq xafa va ğazabnok.
Şunday jurnalistlar borki, ular «Real»ga zarar yetkazişni istaşadi. Men heç kimga Kriştianuning «Real» futbolkasidagi suratini çop etmaslikni sörab qönğiroq qilmaganman.
«Real»ni tanqid qiliş - navbatdagi muvaffaqiyatli maqolaga aylanadi. Miş-mişlarga işonişlaridan afsuslanaman. Odamlar bizga işonsin.
Biz barçamiz soliqlarni tölaşimiz kerak. Klub futbolçilarning soliq deklaratsiyalari uçun javobgar emas, bu heç kimga sir ham emas. Lekin Ronaldu öz gaplarini qaytarib olişga majbur ham emas», – degan Peres esRadio uçun bergan intervyusida.
«Real» Ronaldu haqidagi salbiy xabarlarda uning klub libosida tuşgan suratini qöymaslikni söradi












