Bugun mamlakatimizda aholi farovonligi yölida zarur şart-şaroitlar yaratiş böyiça samarali işlar amalga oşirilmoqda. Joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e'lon qilinişi ham ana şu xayrli harakatlarning yorqin misolidir. Oliy Majlis Senati a'zosi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Iqbol Mirzo bilan adiblarga qaratilayotgan e'tibor, uyuşmaning istiqboldagi rejalari va şu kabi masalalar yuzasidan suhbat uyuştirdik.

M.: - Assalomu alaykum Iqbol aka, suhbatimizni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” mavzusi bilan boşlasak.

I. M.: - Joriy 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson mafaatlari yili”, deb e'lon qilinişi barça yurtdoşlarimiz kabi, biz adiblarni ham quvontirdi. Boisi, xalq manfaati yölida xizmat qiliş, yurt ravnaqining garovi demakdir. Birgina, hazrat Alişer Navoiyning özi xalq dardini tinglaş, uning manfaatlarini közlab iş tutişda katta jonbozlik körsatgani va bu mamlakatning rivojlanişida dolzarblikni kasb etgani tariximizdan ma'lum.

Umuman, demokratiya mavzusida söz yuritadigan bölsam, Mustaqillik yillarida Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari!” şiori ostida ulkan işlar bajarilgan edi. Hozirgi kunga kelib, Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning sa'y-harakatlari bilan yilimizga xalq manfaatiga doir nom berilişi, joylarda ularning Xalq qabulxonalari taşkil etilişi demokratiya tuşunçasining yorqin körinişi böldi, deyiş mumkin. Nega deganda, bugun dunyoning qaysi mintaqasiga qaramang, yurtimizdagi kabi mana şunday taşabbuslarga deyarli guvoh bölmaysiz. Qolaversa, Prezidentimizning ötgan yilda joriy qilingan Virtual qabulxonasi ham xalq dardini tinglaş, muammolarning ijobiy hal etilişida yangi tizimga aylandi. Özimni hayotimdan misol keltirib aytadigan bölsam, men Mirobod tumanida istiqomat qilaman. Oçiği, yaşayotgan köçamizning yöl ta'miri nihoyatda yomon ahvolda edi. Qöşni ayolimizning mazkur masala yuzasidan Virtual qabulxonaga murojaati tez kunda örganib çiqildi va vaziyat hozirda yaxşilanmoqda. Vaholanki, bu böyiça özim ham köp bora harakat qilib körganman. Şu nuqtai nazardan kelib çiqib, ayni bugungi kunda oddiy xalqning dard-u taşvişlari, muammolariga şaxsan Prezidentning özi e'tibor qaratayotgani kamdan kam davlatlardagina uçraydigan holdir. Yurtimizda olib borilayotgan mana şunday islohotlar tinçligimiz barqarorligi, taraqqiyotimiz bardavomligiga xizmat qiladi, deb işonaman.

M.: - Mustaqilligimizning 26 yilligiga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi qanday hozirliklar körmoqda?

I. M.: - Eng uluğ va eng aziz bayramimiz hisoblangan Istiqlolimiz şodiyonasiga yil boşidanoq katta tayyorgarlik körib kelmoqdamiz. Taniqli ijodkorlarimizning sara asarlaridan iborat badiiy töplamlari naşr etildi va yana şunday naşrlarimizning davomi mavjud. Iyul oyi örtalarida bundan yigirma yil muqaddam asos solingan Zomin seminarining qayta ötkazilişiga taraddud körilmoqda. Bir guruh iqtidorli yoşlarimizning “Birinçi kitobim” loyihasi asosida badiiy hamda publitsistik töplamlari çop etilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, uyuşmamiz muassisligida “Vatan uçun yaşaylik!” nomli Respublika ijodiy işlar tanlovini ham boşlab yuborganmiz.