Ruslarda bir serial bor: «Ulitsa razbityx fonarey». Özbekçaga «Çiroqlari singan köça», deb ögirsak böladi. Juda uzun bu serialning faqat nomi yoqadi. Yaqinda şu serial nomiga mos bölgan bir tadbirda qatnaşiş baxtiga muyassar böldik. Kazo-kazo va hokazolar qatnaşgan tadbirda. Qoronğu, xuddi şam yoritib turganday romantik xonada keçdi bu tadbir. Ha, gap Xalqaro Press-klubning sportga bağişlangan soni haqida ketmoqda.

XOMXAYoL
Bu tadbir nomigagina sportga bağişlanişi, asosiy masala futbol haqida bölişini kutgan edi köpçilik. Ayniqsa Tehrondagi şarmandalikdan keyin. Lekin bu şunçaki xomxayol bölib çiqdi. Millionlab odamlarning ovunçoğiga aylangan futbolga şu keça ot sporti, jismoniy tarbiya öqituvçilari va ayollar sporti kabi juda köp mavzular orasida birrovga nazar taşlandi, xolos. Yetmaganiga, jonli efirda ketişi iddao qilingan bu «spektakl» boşlanişidan oldin qatnaşuvçilarga eslatib qöyildiki, biz bu yerga kimnidir qoralaş uçun emas, yurtimizda sportning qançalik ravnaq topayotgani haqida gaplaşiş uçun yiğilgan ekanmiz. Bu eslatma köpçilikning «tarvuzini qöltiğidan tuşurib yubordi». Tadbirga Olimpiada çempionlari va sovrindorlari, taniqli sportçilar ham taklif etildi. Xuddiki, biz ularning borligini bilmaydiganday. Bir kun oldin futboldagi vaziyatning ayançli ekani haqida gapirgan yulduzlar şu keça umuman boşqa narsalar haqida gapirişdi. Ularni şu haqda gapirtirişdi, desak, töğri böladi. Bunda ularning aybi yöq. Aslida bu sportçilar barçasini sport musobaqalarida isbotlab bölişgan. Bu keça boşqa narsalar isbotlanişi kerak edi köm-kök çiroqlar yonib turgan romantik xonada…

ŞIŞIRILGAN IŞONÇ

Şerzod Qudratxöjayev. Foto: Offsayd.uz

Tadbir taşkilotçilari uzundan-uzoq nutqlardan keyin nihoyat futbol mavzusiga ötişganda, Özbekiston Futbol Federatsiyasi boş kotibi Sardor Rahmatullayevga öziga xos tuhfa taqdim qilişdi. Ularning aytişiça, muxlislar tomonidan yuborilgan va «Işonç» sözi yozilgan şar federatsiya vakiliga berildi. Emişki, şu orqali futbolçilarga muxlislarning işonçi yetkazilibdi.

Foto: Offsayd.uz

Taşkilotçilar özlari bilibmi, bilmaymi zör sovğa berişdi. Şar bu – özi kiçkina, lekin havo bilan töldirilganda katta körinadigan narsa. Özbekçasiga aytsak, pufak. Ya'ni, puflangan, şişirilgan, börttirilgan. Aslida muxlislarning ham bugungi futbolimizga bölgan işonçlari mana şunday şarga öxşaydi. Aslida işonç juda kiçkina, lekin telekanallarda, nomi tantanavor, matbuot dökonlarida sotilmaydigan, majburan obunaçilarga tarqatiladigan gazetalarda bu işonç şişirib körsatiladi.