2017 yilning 30 aprel kuni taxminan soat 13:00larda noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Şayxontohur tumanida joylaşgan avtobuslar töxtaş bekatida böla turib, fuqaro Umida Tuxtamuradovaning (jabrlanuvçining anketa ma'lumotlari özgartirilgan) kissasidan «I Phone-7 Gold» rusumli uyali telefonini öğirlagan. Bu haqda Toşkent IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan, Şayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (kissavurlik) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov- tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan Murodjon Raximov sodir etganligi aniqlangan.
M.Raximovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.
Yuqoridagi şaxsning xatti-harakatidan jabr körganlar bölsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar organlariga murojaat etişi mumkin.











