Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel GFR hukumati Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning Hamburgdagi tarafdorlari oldida çiqişini taqiqlaşi haqida ma'lum qildi. Der Spiegel şu haqidagi xabari bilan bölişdi. 

Gabrielning sözlariga köra, Anqara kuni keça, 28 iyun kuni turk prezidentining G20 sammitida iştirok etiş uçun Hamburgga taşrifi davomida u yerdagi tarafdorlari oldida çiqiş qilişi borasida Berlinga rasmiy sörov yöllagan. 

"Turkiyaga şuni ma'lum qilamizki, Germaniyada bunday bölişi mumkin emas. Bunday qaror qabul qiliş uçun konstitutsiya bilan mustahkamlangan huquqimiz bor", - dedi Germaniya TIV rahbari. 

Şuningdek Gabriel G20 sammiti ötkaziladigan bir paytda Erdöğan öz tarafdorlari oldida çiqiş qilgan taqdirda, "xavfsizlikni ta'minlaş uçun" politsiya xodimlarining yetişmasligi mumkinligini ta'kidladi. Bundan taşqari, diplomat Anqara va Berlin örtasidagi kelişmovçiliklar, şuningdek kutilayotgan nemis parlamenti saylovlari fonida turk prezidentining çiqiş qilişini noörin deb hisoblaydi. 

Germaniya hukumati vakili Şteffan Zaybertning naşrga ma'lum qilişiça, diplomatning bayonoti kansler Angela Merkel bilan muvofiqlaştirilgan va bu "hukumat pozitsiyasi" hisoblanadi.

Manbaga köra, joriy yilning bahorida turk vazirlari iştirokidagi ikki tadbir ham bekor qilingan: GFR Adliya vaziri Bekir Bözdoğ va Iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekçilarning çiqişlarini bekor qilgan. Germaniya hukumati buni taşkilotçilarning yonğin xavfsizligini ta'minlay olmasligi bilan izohlaşgan edi.