Ispaniyadagi AS gazetasi «Real» klubi muxlislari örtasida sörovnoma ötkazdi.

Sörovnomada iştirok etganlar «Garet Beylning örniga «Monako»dan Kilian Mbappeni xarid qiliş kerakmi?» degan savolga javob berişi lozim edi.

Sörovnoma natijasiga köra, muxlislarning 75 foizi Beyl jamoaga kerak emasligi, uning örniga Mbappeni xarid qiliş kerakligini bildirişgan.

Bundan avvalroq, Madrid klubi prezidenti Florentino Peres Mbappe tufayli Ronaldu, Benzema yoki Beyldan voz keçmasligini aytgan edi.