Bugun, 30 iyun kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirokida «Kamolot» YoIH (Yoşlar ijtimoiy harakati) qurultoyi bölib ötdi.

Qurultoy davomida Şavkat Mirziyoyev «Kamolot» YoIH örnida Özbekiston Yoşlar ittifoqi taşkil etilgani haqida ma'lum qildi.

U şuningdek, Özbekistonda 30 iyunni Yoşlar kuni deb e'lon qildi. 

Qurultoyda yoşlarga oid davlat siyosati borasidagi islohotlar töğrisida gapirilgan va yangi taşkilotga katta işonç bildirilgan.
 
Qurultoyda qatnaşgan manbalarning ma'lumot berişiça, yangi tuzilgan Yoşlar ittifoqining byudjyet mablaği ikki baravar oşiriladi, ya'ni yiliga 200 mlrd sömni taşkil etadi.

Bu orqali Markaziy kengaşda yaxşi kadrlar yetişmasligining oldini oliş közda tutilgan. Şu vaqtgaça xodimlarning oylik iş haqi örtaça 800 ming söm bölgan, tumanlarda binolar yetişmasligi, xizmat maşinalari yöqligi, moddiy baza talab darajasida emasligi ta'kidlangan.

Qurultoyda şuningdek, «Mard öğlonlar» davlat mukofoti hamda «Kelajak bunyodkori» unvoni ta'sis etilgan, kursantlar maktabiga «Temurbeklar maktabi» nomi berilgan.

Bundan oldinroq prezident qurultoy davomida Ozodbek Nazarbekovni «Yoşlar» telekanaliga rahbar etib tayinlagani haqida xabar qilingandi.