2017 yil 1 iyul kuni soat 08 dan 49 daqiqa ötganda Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasining markaziy dispetçerlik xizmatiga Çilonzor tumani Muqimiy köçasi, 164-uyda yonğin bölayotgani haqida xabar kelib tuşdi, deb ma'lum qildi Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Hodisa joyiga poytaxtning yonğin öçiriş bölinmalari yetib bordi. Yonğin tört qavatli turar-joy bino tom qismining 300 kv.m. maydonini zararladi. Körilgan çoralar natijasida yonğin soat 09 dan 49 daqiqa ötganda butunlay bartaraf etildi. Halok bölgan va tan jarohati olganlar yöq.

Toşkent şahri tumanlaridan birida yonğin çiqdi (foto, video)
Yonğin sabablari örganilmoqda. Hodisa joyini közdan keçiriş vaqtida uşbu uyning böğotida elektr simlarining noqonuniy ravişda ötkazilganligi aniqlandi.












