Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylaştiriş töğrisidagi Nizomga özgartiriş kiritdi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Hujjatga köra, turar joy uylari maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy ravişda yaşovçi şaxslar, Toşkent şahri va viloyatida 2015 yil 15 sentabrga qadar berilgan idora hujjati (order) asosida va yaşaş joyida röyxatga olingan bölsa, uşbu uy-joyni xususiylaştiriş huquqini qölga kiritişdi.

Xususiylaştiriş imkoniyati 2018 yil 1 iyulgaça taqdim etiladi. Bu sanaga qadar Toşkent şahri va viloyatida körsatilgan xonadonlarni xususiylaştiriş böyiça kelişuvlarni davlat röyxatidan ötkaziş va notarial tasdiqlaşga ruxsat berildi.

Şu tariqa xususiylaştirilgan xonadonlar egalari Toşkent şahri yoki viloyatida uşbu uy-joy maydoniga doimiy propiska qilinişlari mumkin.