Özbekistonda xorijiy davlatlarga öz xizmat safarlarini muvofiqlaştirişi kerak bölgan mansabdor şaxslar röyxati özgardi. Bu haqda Özbekiston Prezidentining 16 iyundagi farmonida söz yuritiladi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Hujjatga köra, endilikda Sudyalar oliy kengaşi raisi va uning örinbosari, şuningdek, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilga xizmati safariga çiqiş uçun Prezidentning roziligi talab etiladi.
Bundan taşqari, Sudyalar oliy kengaşi sudyalari, Birinçi Prezident I.Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasi va H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbarlari buni Prezident devonining tegişli xizmatlari bilan muvofiqlaştirişi joriy etildi.
Röyxatdan taşqi siyosiy tadqiqotlar muvofiqlaştiriş-tahlil markazi direktori va uning örinbosari, davlat oliy ta'lim muassasalari prorektorlari, MXX OTM rahbarlari, Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori örinbosari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, DSQning mas'ul xodimlari çiqarildi.
Prezidentning «Iste'dod» jamğarmasi ijroçi direktorining xizmat safari davlat rahbari bilan emas, balki Prezident devonidagi ilm-fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça Xizmat bilan muvofiqlaştiriladi.












