Italiyalik hujumçi Fabio Borini Angliyaning «Sanderlend» klubidan Italiyaning «Milan» jamoasi safiga köçib ötdi. Bu haqda milanliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga köra, «Milan» hujumçini «Sanderlend»dan hujumçini kelgusida sotib oliş huquqi bilan ijaraga oldi. Şartnomaning boşqa şartlari oşkor qilinmagan.

Ma'lumot uçun, ötgan mavsumda futbolçi premer-ligada 24ta öyinda maydonga tuşib, 2ta gol kiritişga muvaffaq bölgandi.

Qayd etiş kerakki, yangi xöjayinlar qöliga ötgan «Milan» şu vaqtgaça 4 transferni rasmiylaştirgandi: «Vilyarreal»dan himoyaçi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanç yarim himoyaçisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyaçi Rikardo Rodriges va «Portu»dan hujumçi Andre Silva sotib olingandi.