«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu kelajagi haqida gapirişni istamadi. Portugaliyalik futbolçi «Qirollik klubi»dagi kelajagi xususidagi savolga jimlik bilan javob qaytargan va vaziyat noaniqligiça qolgan.
«Men heç kim bilan kelajagimni muhokama etmoqçi emasman», — deya Ronalduning sözlarini keltirgan AS naşri.
Bundan oldinroq «Real» rahbariyati vakillari uşbu futbolçining jamoada qolişiga işonç bildirişgandi. Klub ayni vaqtda Ronalduning qarori aniq bölmagani uçun transfer amaliyotlarini bajarişda muammoga duç kelmoqda.
Iyun oyi avvalida Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln yevro miqdoridagi soliqni tölamaganlikda ayblagandi. «Qirollik klubi»dagilar unga şunça mablağni öz ixtiyori bilan davlatga ötkazib berişni maslahat qilişgan, ammo futbolçi aybsizligini sudda isbotlab berişga qaror qilgandi. Ronaldu özini rahbariyat tomonidan yetarliça qöllab-quvvatlanmagan his qildi va «Real» rahbariyati gazetalardan futbolçi haqidagi salbiy xabarlarni uning klub libosidagi emas, terma jamoasi libosidagi suratlarini çop etişni söragani haqidagi xabarlardan keyin klubdan ketmoqçilini ma'lum qildi. U murabbiyi Zaynidin Zidanga Ispaniyada özini jinoyatçidek his qilayotganini aytib, şikoyat qilgandi.












