Qatar hukumati arab davlatlari tomonidan amirlik bilan munosabatlarni tiklaş uçun Dohaga qöyilgan talablar röyxatini qabul qilişni rad etdi, biroq muloqot qilişga tayyor. Bu haqda Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Jazeera telekanali.
"Biz talablar röyxatini rad etamiz va tegişli şartlar bilan muloqot qilişga tayyormiz. Qatar boşidan uning suverenitetiga putur yetkazuvçi biror işga çidab turmasligini aytgan. Biz qörqmaymiz va ultimatum muddati tugagandan keyin istalgan salbiy oqibatlarga qarşi turişga tayyormiz", deb aytgan Ol Soniy.
Qatar vaziri Doha amirlikni blokada qilişda iştirok etayotgan "arab davlatlaridan farqli, konstruktiv pozitsiyani" egallayotganini aytdi. Diplomatning fikriça, Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn "Qatarga qarşi çoralarni inqirozni hal qilişning kelişilgan mexanizmini közda tutmay qabul qilişgan".
Uning aytişiça, arab davlatlarining inqirozdan çiqiş uçun Qatarga qöygan talablari amirlik ustidan nazorat örnatişga qaratilgan va xalqaro huquqqa ziddir.
"Blokadada iştirok etuvçi davlatlar tomondan körilgan çoralar xalqaro huquqqa zid keladigan jamoaviy jazo beriş hisoblanadi", deb aytgan Ol Soniy va "bu talablar rad etiladigan qilib tuzilganini" ta'kidlab ötdi. "Talablardan maqsad – Qatar ustidan nazorat örnatişdir", deb hisoblamoqda vazir.
Uning ta'kidlaşiça, Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşi va Arab davlatlari ligasi inqirozni hal qilişda heç qanday rol öynamayaptilar. U borada Moskvaning konstruktiv fikr bildirayotganini va "Rossiya Fors körfazi davlatlarini muloqot qilişga va vaziyatning avj olişini qöllab-quvvatlamaslikka çorlayotganini" qayd qilib ötdi.
Ol Soniy talablarga izoh berib, Dohadagi Al Jazeera telekanali yopilişi, Eron bilan munosabatlar darajasini pasaytiriş va Turkiya bilan harbiy hamkorlikdan boş tortiş masalasi körilmasligini aytgan.













