Nemis jurnalistlari AQŞ prezidenti Donald Tramp kortejidagi maşinalardan birida muddati ötib ketgan raqamlar taqib olinganini payqaşdi. Maşina yaqinda AQŞdan 7-8 iyul kunlari "Katta yigirmatalik" sammiti ötadigan Gamburg şahriga yetkazilgan va unga nemis maşina raqamlari örnatib qöyilgan. Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, maşinaga AQŞdagi doimiy raqamlar ustidan örnatilgan bu vaqtinçalik diplomatik raqamlarning muddati ötib ketgan: raqamlar faqatgina 27 iyungaça amal qilgan.

Germaniya qonunlariga köra, bunday qoidabuzarlik uçun 50 yevro jarima közda tutilgan. Biroq nemis huquq-tartibot idoralari AQŞ delegatsiyasi diplomatik immunitetga egaligi sababli bu masala bilan şuğullanişmaydi. 

Şu bilan birga Tramp va unga hamrohlik qilayotgan şaxslar sammit vaqtida qayerda yaşaşlari noma'lumligiça qolmoqda. Avvalroq Oq uy egasi Gamburgdagi birorta ham mehmonxonani bronlab qöymagani ma'lum qilingandi, vaholanki sammit ötadigan kunlarga şahardagi mehmonxonalardan birortasida böş joy qolmagan. Taxminlardan biriga köra, Tramp Berlinda joylaşişi mumkin, biroq u holda unga Gamburgga keliş va ortga qaytiş uçun yölga bir neça soat ketkazişiga töğri keladi. 

Nemis naşrlari sammitning yana bir iştirokçisi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan bölişişmoqda. Hamburger Morgenpost naşri ma'lumotlariga köra, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Germaniyaga oltin suv yugurtirilgan şaxsiy samolyot trapi bilan kelgan. Uning delegatsiyasi, şuningdek, Gamburgga bir neçta tuya olib keladi, çunki uyidan uzoqda bölganda ham ratsionidan oğişişni istamaydigan qirol yangi soğilgan tuya sutidan tayyorlangan taomlarni iste'mol qiladi.