«Bavariya» yarim himoyachisi Renatu Sanshesh qo‘llarida dasta pul ko‘z-ko‘z qilingan videosi uchun muxlislardan uzr so‘radi.
«Yaxshi yumorga yo‘g‘rilgan hazillar bo‘ladi va yoqimsiz hazillar bo‘ladi. Men bu didsizligim uchun uzr so‘rashim kerak, bu yaqin do‘stlar bilan bayram vaqtidagi yengiltaklik edi.
Sizlarni ishontirib aytamanki, men bundan keyin maydonda ham, maydon tashqarisida ham professionallarcha ish tutaman. Men uchun bu hodisa kelajak uchun saboq bo‘ldi», — degan Sanshesh o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.











