Continental kompaniyasi dinamiklarsiz audiotizim işlab çiqdi va u an'anaviy majmualardan 90 foiz kamroq vazn bosadi. Karnaylar örniga kuzov panellari va maşina intererlaridan foydalaniladi.

Işlab çiqaruvçining qayd etişiça, ayni paytda oddiy avtomobillardagi audiotizimning oğirligi 20 kilogrammgaça boradi, Continental tomonidan yaratilgan yangi tizimdagi barça elementlar 2 kilodan ortiq toş bosmaydi. Kompleks, şuningdek, maşina massasini pasaytiribgina qolmasdan, uning energiya iste'molini ham kamaytiradi.

Continental’dagilar maxsus aktuatorlar ixtiro qilişdiki, u avtomobil içidagi ma'lum bir sirtlarni huddi dinamiklardagi membranalar singari titraşga majburlaydi. Ekspertlarning fikriça, yuqori çastotalar uçun oldingi tayançlar, örta çastotalarga — eşiklar, tomi va orqa javon — past çastotalarga xizmat qiladi.

Firmaning yangi işlab çiqqan qurilmasi Hannoverda ötgan TechShow 2017 körgazmasida namoyiş etildi. Dinamiklarsiz tizim Mercedes-Benz avtomobiliga örnatilib sinaldi. Avtomobil bir vaqtning özida Burmester audiomajmuasi bilan ham jihozlangan edi — har ikki tizimni joyida taqqoslaş uçun.

Bu maşinada aktuatorlar oldingi tayançlar, old oynaning yuqori qismi, şift va old örindiqlarning orqasiga örnatilgan. Taqdimotda iştirok etgan CarAdvice jurnalistining yozişiça, Continental tizimining tovuşi Burmester’nikidan bir neça bor tiniq ekanligi oydinlaşgan.

Yangilik sentabr oyida Frankfurtda ötadigan motorşouda ommaga namoyiş etilişi möljallangan. Continental vakillarining sözlariga köra, ularning audiojamlanmasi allaqaçon töliq seriyali işlab çiqarişga tayyor.