HTC U11 dunyoning eng qudratli smartfoni sifatida tan olindi. Gadjyet taniqli bençmark-dastur işlab çiqaruvçilari tomonidan tuzilgan reytingida birinçi örinni egalladi.

Reyting joriy yilning may oyi yakunlari böyiça tuzilgan. Eng qudratli qurilmalar qator xususiyatlarga köra aniqlandi - samaradorlik, ma'lumotlarni qayta işlaş tezligi hamda SD karta bilan işlaş şular jumlasidandir. Baholaş tizimi yakunlariga köra, Tayvanning HTC kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan U11 smartfoni birinçi örinni egalladi. Smartfon realizatsiyasi ötgan oyning örtasida yölga qöyila boşlangan bölişiga qaramay, u bozorda ança mustahkam pozitsiyalarni qayd etdi. Gadjyet qudrati 180 ming ballga baholandi.
Ikkinçi örin iPhone 7 Plus'ga nasib etdi. Flagmanning texnik xususiyatlari 174 000 ballga baholandi. Şunisi diqqatga sazovorki, Apple kompaniyasi mahsuloti sönggi çorak davomida barça reytinglarda yetakçi örinlarni egallab kelmoqda.
Yetakçilar uçligini işlab çiqaruvçi kompaniya tomonidan eng qudratli smartfon deya e'lon qilingan Xiaomi Mi 6 yakunladi. Biroq sinov natijalariga köra u 172 000 ballga baholandi va faxrli 3-poğonani zabt etdi.
Törtinçi va beşinçi örinlarda Samsung kompaniyasining flagman modellari - Galaxy S8 va Galaxy S8+ qayd etildi.











