Xalq ta'limi vazirining yoşlar masalalari böyiça örinbosari etib tayinlangan Alişer Sa'dullayev xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida öz taklifi bilan murojaat qildi.
"Hozirda köpçilik kitobni planşet, kompyuter, telefonlarda öqiydi. Agar maktab darsliklari, jumladan, iqtisodiyot faniga bozor holatini örganib çiqqan holda kompyuter öyinlari kiritilsa, ularning natijalari çorak baholariga qöşib borilsa, bu bolalar uçun juda qiziqarli böladi. Mazkur jarayon amaliy soat tariqasida ötadi. Masalan, "Ferma" öyini köpçilikka juda yaxşi taniş. Biz bu öyindan fermani qanday quriş böyiça umumiy xulosa çiqarganmiz. Biz ham darslarga internet bilan boğliq simulyatsion öyinlarni qöşsak böladi", - dedi Alişer Sa'dullayev.
Eslatib ötamiz, 30 iyun kuni Toşkent şahridagi Simpoziumlar saroyida bölib ötgan «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakatining navbatdagi Qurultoyi vaqtida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev qurultoyda çiqiş qilgan 23 yoşli Alişer Sa'dullayevni Xalq ta'limi vaziriga örinbosar etib tayinlagan.











