Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Marhamat tumanida ota-onalar oldida uzr söraşga majbur qilingan öqituvçilar bilan uçraşiş maqsadida Andijon viloyatiga borgan. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, vazir öqituvçilar bilan suhbatlaşib, bugun ularning obrösi va qadr-qimmati davlatimiz siyosati darajasidagi muhim masala ekanligi va ularni obrösizlantirişga heç kim haqli emasligini qayd etgan hamda yuz bergan holatni ustoz şa’nini yerga uriş deb baholagan.

Uçraşuv söngida öqituvçilarning fikrlarini tinglagan vazir ular bilan maslahatlaşgan holda mazkur holatga yöl qöygan mutasaddilarga albatta çora körilişini alohida qayd etgan.
Marhamatda nima bölgandi?
Kun.uz saytiga kelgan murojaatga köra, 4 fevral kuni Andijon viloyati Marhamat tumani 72-IDUM öqituvçilari öquvçilarning oliygohlarga kiriş körsatkiçi pastligi uçun ota-onalar qarşisida keçirim söraşga majbur qilingan.
Manba sözlariga köra, direktor boşçiligida sahnaga çiqarib qöyilgan öqituvçilar hokimlik vakillari topşiriğiga binoan boş egib, «biz aybdormiz», deb ota-onalardan keçirim söraşgan.
Röy bergan voqea ortidan Andijondagi mas’ul şaxslar birin-ketin munosabat bildirişib, pedagoglardan uzr söraşdi.
Xalq ta’limi vazirligi uzrbozlik yiğilişi böyiça ötkazilgan tekşiriş jarayonida töplangan materiallarni Boş prokuraturaga yubordi.











