Joriy oy avvalida regulation.gov.uz saytiga joylaştirilgan «Xalq ta'limi tizimidagi ommaviy axborot vositalari rolini yanada oşiriş töğrisida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ayrim bosma matbuot, ayniqsa, ta'lim naşrlari vakillarining keng va jiddiy muhokamasiga, aniqroği, e'tiroziga sabab böldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi kinoyali izohlardan tortib, naşrlardagi jiddiy çiqişlargaça – barçasida mazkur qaror jurnalistlar erkinligiga, matbuotga navbatdagi hujum ekanligi e'tirof etildi.

Loyihada bayon etilişiça, qarordan maqsad umumta'lim muassasalari xodimlari, öquvçilar va ularning ota-onalarini xalq ta'limi tizimi axborotlari bilan ta'minlaşni taşkil etiş, ta'lim naşrlarida zamonaviy boşqaruv va samarali marketingni yölga qöyiş hisoblanadi.

Şunga köra, «Boşlanğiç ta'lim», «Til va adabiyot ta'limi», «Prepodavaniye yazyka i literatury», «Language and literature teaching», «Xalq ta'limi»,«Ğunça», «Gulxan» jurnallari, «Ma'rifat», «Uçitel Uzbekistana», «Tong yulduzi» gazetalari tahririyatlarini birlaştirgan holda yagona yuridik şaxs şaklida «Xalq ta'limi naşriyotlari» davlat unitar korxonasini taşkil etiş közda tutilgan. Yagona DUKga birlaştiriş orqali ta'lim naşrlari tahririyatlari moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, moliyalaştiriş, xodimlarni rağbatlantiriş, obunani yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Xullas, Xalq ta'limi vazirligi taklifiga asosan qabul qilinişi közlangan bu qaror orqali ta'lim naşrlarini xalq istaydigan yangiça formatga keltiriş asosiy maqsaddir.

Ta'lim naşrlari esa bu loyiha «matbuot endi erişay deb turgan»​ erkinlikning böğilişiga, mediamakonda vazirlikning yakkahukmronligi va fikrlar bir xilligining yuzaga kelişiga sabab bölişini ta'kidlab, qaror qabul qilinişiga qarşilik bildirişmoqda.

Xususan, jurnalist Sardor Mustafoyevning fikriga köra, «...davlat rahbari «Tanqid qiling, tanqid — kelajak mevasi» deb jon kuydirib, jurnalistlarni kuraşga çorlayotgan bir paytda ayrim rahbarlar nega söz erkinligiga putur yetkazadigan qarorlarni qabul qiliş ustida boş qotirmoqda».

«Ma'rifat»​ muxbiri Suhrob Ziyo öz maqolasida vazirlik yakka muassisligi tahririyat ijodiy faoliyatiga salbiy ta'sir körsatişini bildiradi: «Ma'rifat» tarmoq naşri bölsa-da, uning mavzu qamrovi çeklanmagan. Unda xalq ta'limi yangiliklaridan taşqari oliy ta'lim yangiliklari, kasaba uyuşmalari faoliyati, ma'naviyat, san'at va adabiyotga oid maqolalar berib boriladi. Vazirlik yakka muassis bölib, oliy ta'lim, adabiyot va ma'naviyat bölimlarni yopiş kerak, desa nima böladi? Nega desak, ularga bekorga pul sarflayapmiz deyişadi. Qölingizdan nima keladi şunda?»