3 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov va vazirlikning mutasaddi xodimlari hamda jurnalistlar iştirokida oçiq muloqot ötkazildi.
Vazir ta'lim sohasiga oid muammolar haqida gapirarkan qiziq misollar keltirdi:
«Ayrim tarixiy parallellar borki, hayratda qolmay iloj yöq.
«Hozirgi zamonda biror davlatga qarşi uruş oçiş kerak emas, şunçaki ta'lim tizimini izdan çiqariş kifoya» degan maşhur ibora bor. Yaxşi ta'lim olmagan şifokor odamlarni öldirib qöyadi, me'morning binosi qulab tuşadi, iqtisodçi davlat iqtisodini izdan çiqaradi va hokazo.
Şunday diversion dasturlar ham borki, ulardagi tezislar bilan tanişiş qiziq faktlarni oçib taşlaydi.
Ta'lim tizimi izdan çiqişi uçun – öqituvçining öqitiş motivatsiyasi yöqotilişi, byurokratik va öziga aloqador bölmagan işlarga jalb qilinişi, unga kam maoş berilişi, obrösi tuşirilişi kabi omillar kifoya qiladi. Bu omillar sizga taniş tuyulmayaptimi?
Ming afsuski biz ötmişda şunday xatolarga yöl qöydik, bilib-bilmay ta'lim tizimimizga yetarli e'tibor qaratmadik. Ammo endi bu xatolarni tuzatiş bilan birga yangi marralarni közlasak böladi. Uzoq yillar öqituvçilar maoşi örtaça oylikdan kam bölgani ma'lum. Ammo 2018 yildan boşlab ösiş körsatkiçlari böyiça bu holat özgardi. Endi 2030 yilga qadar har yili ta'lim sohasi xodimlarining maoşi muntazam oşib borişi belgilangan», deya vazir sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











