Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi u haqiqiy pullarni terishi mumkin: Donnarumma «Milan» bilan shartnomani uzaytiradi
«Milan» darvozabon Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, Donnarumma o‘z jamoasi bilan shartnomani uzaytirish uchun «PSJ» taklifiga rad javobini bergan.
«PSJ Donnarummaga 13 million yevro miqdorida yillik maosh taklif qilgandi.
18 yoshli darvozabon Milanda yangi 5 yillik shartnoma tuzadi va 6 mln yevro miqdoridagi maoshga ega bo‘ladi. U rahbariyatning shartnoma bo‘yicha barcha bandlariga rozi, xususan, shartnomada uning badal puli miqdori 100 million yevro qilib belgilanadi. Agar klub Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, bu miqdor 50 million yevroga tushiriladi.
«Milan»da Donnarummaning akasi - 26 yoshli Antonio (Gretsiyaning «Asteras» klubi vakili) bo‘ladi, uning shartnomasi milanliklarga 1 million yevroga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida «Milan»ning yosh darvozaboni amaldagi 2018 yilgacha tuzilgan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi. Klub unga 5 yil uchun 25 million yevro taklif etgandi. Keyinroq milanliklar rahbariyati uni sotmasligi va bir yil davomida zaxira o‘rindig‘ida qoldirishini ma'lum qildi.
Bu vaqtda Donnarumma «Real»ga o‘tish uchun shunday qarorga kelgani haqida xabarlar tarqaldi, ammo Madrid jamoasi uni shu yozda emas, 2018 yil yozida, u erkin agentga aylangach, qo‘lga kiritishni mo‘ljallagandi.
Bu xabarlardan italyan jamoasi muxlislari qattiq darg‘azab bo‘lishdi, darvozabonning futbolkalari yoqildi, Polshada o‘tgan jahon chempionati uchrashuvi vaqtida Donnarumma qo‘riqlayotgan darvoza ortida joylashgan muxlislar unga qarata soxta pullar sochishdi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
10:15 / 14.05.2024