Diqqat! Nima bölgan taqdirda ham MERIT EDUCATION’ga kela körmang! Umuman yaqinlaşmang!
Bu yerga kelgan öquvçilarning aytişiga qaraganda, ular öquv markaziga taşrif buyurgaç, halovatini yöqotişgan. Keling, şunday öquvçilardan birining hikoyasini eşitaylik.
- Nima qilasiz MERIT EDUCATION’ga kelib?! Mana men, yurardim beğam bola bölib, şu öquv markaziga kelganimni bilaman, meni öziga boğlab qöydi. Közni kör qiladigan darajada yoruğ, mening mehmonxonamni xijolat qiladigan darajada şinam, uçta CAPTIVA siğadigan darajada keng öquv xonalardan çiqolmay qoldim. Birinçi kun kelganimda, kresloga öxşaş stullarni, proyektor va uning pardalarini köriboq, men “Kinoteatrga kelib qoldim şekilli” deb öyladim.
Öquv jarayoni meni öziga şu darajada qiziqtirib qöydiki, boşqa ta’lim maskanlaridagi darslarim zerikarli tuyula boşladi. Va men butun böş vaqtimni MERIT EDUCATION’da ötkaza boşladim.
Bilasizmi, agar siz ingliz tili darslariga kela boşlasangiz, nima böladi?
-Oldin kuylab yurgan qöşiqlaringizning ma’nosini tuşuna boşlaysiz (kerakmişku?)
-Ingliz tilida tinmay gapira boşlaysiz va atrofdagilar sizni çet ellik deb öylay boşlaşadi.
- MERIT EDUCATION’ning kutubxonasiga boğlanib qolasiz va smartfoningizda öyin öynaş örniga kitob öqiş bilan vaqtingiz ötib ketadi.
- Öquv qöllanmalari va kitoblar rangli va şu darajada sifatliki, metroda öqib ketayotganingizda, yölovçi qizlar sizni “Jurnal varaqlayapti”, deb öylaşadi (Aytgança, ularning barçasi bepul, birinçi darsdayoq qölingizga tutqazib qöyiladi).
- Öqituvçilarni aytmaysizmi, ularning malakasi, mehri va e’tiboriga şudarajada örganib qolasizki, darslarning birida ularni “Dada!” yoki “Oyi!” – deb yuborişingiz heç gap emas.
- Umuman böş vaqtingiz qolmaydi, faqat öqiş bilan band bölib qolasiz, mobodo hafta oxirida böş bölib qolsangiz, “Yöq!” deyişingizga qaramay, biror köngiloçar maskanga – toqqa yoki boulingga şartta olib çiqib ketişadi. Keyin yurasiz, yangi orttirgan döstlaringiz bilan körkam, bahavo joylarga qanday kelib qolganingizni bilmay!
Men körgan-keçirganlarimni boşingizdan ötkazişni istamasangiz, maslahatimga rioya qiling!
Nurmuhammad Qodirov, 21 yoş.



























