Qatar atrofidada yuz berayotgan inqirozga qaramasdan, Anqara bu mamlakatdagi öz harbiy iştirokini saqlab qoladi, deya Turkiya boş vaziri örinbosari Nö'mon Qurtulmuşning sözlarini keltirmoqda RIA Novosti.
«Turkiyaning Qatardagi harbiy bazasi nafaqat Qatarning, balki butun mintaqaning xavfsizlik masalasidir. Turkiyaning u yerdagi harbiy iştiroki davom etadi. Turkiyaning Qatardagi harbiy iştirokini mintaqadagi siyosiy inqiroz bilan boğlaş jiddiy xatolarga sabab böladi», — degan Qurtulmuş Anqarada ötgan matbuot anjumanida.
Uning qöşimça qilişiça, Qatar inqirozi «çuqur ildizlarga ega emas va sun'iy hosil qilingan», Qatarga nisbatan arab davlatlari qöyayotgan 13 talab esa «mustaqil davlat uçun bajarib bölmas vazifa».
Qatar bilan munosabatlarni uzgan tört arab davlati — Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Doha uçun joriy etilgan ultimatum muddatini yana 48 soatga çözişga rozi bölişgan.
Ultimatum 13 talabdan iborat bölib, unda Eron bilan diplomatik va harbiy munosabatlar darajasining pasaytirilişi, Turkiyaning harbiy bazasini yopiş, terrorçilik taşkilotlarini moliyalaştirişni bas qiliş, arab davlatlarining içki işlariga aralaşişdan özini tiyiş, muxolifat arboblarini qöllab-quvvatlamaslik, şuningdek, «Al-Jaziyra» sun'iy yöldoş telekanalini yopiş kabi masalalar köndalang qöyilgan.
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 5 iyunda Qatarni terrorçilikni qöllab-quvvatlaş va özlarining içki işlariga aralaşişda ayblab, Doha bilan diplomatik munosabatlarni uzişgan va Qatar bilan har qanday aloqalarga çek qöyişgan. Keyinroq bu qarorga bir qator boşqa davlatlar ham qöşilişgan.












