«Özbekneftgaz» Milliy holding kompaniyasi tizimida 12 ming xodim qisqartiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 30 iyun kungi neft va gaz sanoatining boşqaruv tizimini takomillaştiriş töğrisidagi 3107-sonli qarorida nazarda tutilgan. Qaror matni prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan.
Davlat rahbari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga işdan böşatiladigan xodimlar yangi işga joylaşişida kömaklaşiş vazifasini topşirgan.
Qarorga köra, «Özbekneftegaz» MXK, «Özneftgazqazibçiqariş» AK, «Öztransgaz» AK, «Özneftmahsulot» AK va «Özneftgazmaş» AKning taşkiliy-huquqiy şakli özgartirildi. Endilikda bu tuzilmalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylantiriladi. Qator taşkilotlar qayta taşkil etiladi yoki «Özbekneftgaz» va uning aksiyadorlik jamiyati tarkibidan alohida taşkilot sifatida çiqariladi.
«Özbekneftgaz» tarkibida «Özbekneftgaz» va uning aksiyadorlik jamiyatlari tarkibiga kiruvçi taşkilotlar tomonidan mahsulotlarini eksport qilişga ixtisoslaşgan «Neftgazeksport» MÇJ tuziladi.
«Öztransgaz» mintaqalararo unitar korxonalarining 6ta bazasi qoşida 14ta gaz ta'minotining hududiy filiallari, «Özneftmahsulot»ning 23ta unitar korxonalari bazasi qoşida esa neft mahsulotlarining realizatsiyasini amalga oşiruvçi MÇJ şaklidagi 15ta mintaqaviy taşkilot taşkil etiladi. Şu bilan birga tuman va şahar gaz ta'minoti filiallarining tumanlararo gaz ta'minoti uçastkalari, şuningdek, neft mahsulotlarini saqlaş va realizatsiya qiladigan past rentabelli obektlar soni optimallaştiriladi.
«Özbekneftgaz»ga neft va gaz sanoati strukturasini çuqur özgartiriş, mahsulotlarning raqobatbardoşliligini oşiriş, şuningdek, aholining neft va gaz mahsulotlariga bölgan iqtisodiy ehtiyojini qondirişdan kabi vazifalar qöyilgan.
«Öztransgaz» AJga transport magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlaş tarmoqlarini takomillaştiriş, sotilgan gaz hisobini yuritiş, daromadning töliq tuşişini yölga qöyiş, gazning yöqotilişi, asossiz va noratsional sarflanişiga barham beriş, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulaniş va gaz öğirlaş holatlariga barham beriş böyiça çoralarni qöllaş yöli bilan mamlakat iste'molçilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş yuzasidan vazifalar yuklatilgan.












