Badiiy gimnastika böyiça Olimpiya çempioni, köp karra jahon çempioni Alina Kabayeva tarixda birinçi bölib badiiy gimnastika böyiça jahon çempionatlari elçisi etib tayinlandi. Bu haqda Instagram’da Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi ma'lum qildi.
"Olimpiya çempioni Alina Kabayeva birinçi FIG Ambassador for WCH Pesaro'17 etib tanlandi! Şu yildan Xalqaro gimnastika federatsiyasi har bir jahon çempionati uçun faxriy elçilarni tanlaydi. "Gimnastika elçisi"ning vazifasi uşbu sportni xalqaro darajada ommaviylaştiriş va ilgari surişdan iborat. Bundan taşqari, FIG Ambassador çempionatning medallar beriş marosimida, matbuot-anjumanlarida va ommaviy tadbirlarida iştirok etadi. Jahon çempionati 2017 yil 30 avgust-3 sentabr kunlari Pezaroda (Italiya) bölib ötadi. Sabrsizlik bilan kutib qolamiz", deb aytilgan xabarda.













