30 iyun kuni ötkazilgan Özbekiston “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev harakat negizida Özbekiston yoşlar ittifoqini taşkil etiş taklifini bergaç, bu taklif bir ovozdan ma'qullangan edi.

Şu munosabat bilan Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida prezidentning “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi “Jismoniy va ma'naviy yetuk yoşlar – ezgu maqsadlarimizga yetişda tayançimiz va suyançimizdir” mavzusidagi nutqi mazmun-mohiyati hamda Qurultoy işi davomida bildirilgan fikrlar va takiflar töğrisida ma'lumotlar beriş, universitetda tahsil olayotgan talaba-yoşlarga taniştiriş maqsadida tarğibot uçraşuvi bölib ötdi. 

Uçraşuvda universitetda tahsil oluvçi talaba, Qurultoy delegati Şukurulloxon Anvarov, Olmazor tumani delegati Şerzod Muxamedov, universitet rektori Avazjon Maraximov hamda soha prorektorlari, fakultetlar dekanlari, ularning ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosarlari, yoş pedagog-xodimlar va talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tarğibot uçraşuvi oçiq muloqot şaklida taşkil etilib, avvalo yiğilganlarga Qurultoy yakunlari, qabul qilingan qarorlar hamda prezident tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar töğrisida yiğilganlarga atrofliça ma'lumotlar berildi. Qurultoy delegati Şukurulloxon Anvarov öz sözida prezident tomonidan berilgan “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati negizida Özbekiston yoşlar ittifoqini taşkil etiş taklifi Qurultoy delegatlari tomonidan bir ovozdan maqullanganligi hamda bu taşkilot mamlakat yoşlarining barça toifa va guruhlarini qamrab olişi, ularni demokratik prinsiplar asosida birlaştirişi belgilab berilganligi töğrisida ma'lumotlar berdi.

Bölğusi taşkilotning huquqiy maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, uning ijtimoiy hayotdagi örni va nufuzini, obro‘-e'tiborini oşirişga alohida e'tibor qaratilişi töğrisidagi fikrlar bilan Şerzod Muxamedov yiğilganlarga atrofliça ma'lumot berdi.

Universitet rektori Avazjon Maraximov öz sözi avvalida Özbekiston yoşlar ittifoqi taşkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoşlar kuni deb e'lon qilingani munosabati bilan uçraşuvga yiğilgan barça yoşlar samimiy muborakbod etdi hamda prezident ma'ruzasidan kelib çiqqan holda öz xulosalari bilan örtoqlaşdi. 

Rektor sözida davom etar ekan, bevosita yiğilgan yoşlardan yangi tuzilgan Özbekiston yoşlar ittifoqi faoliyati uning maqsad vazifalarini oğişmay röyobga çiqariş jarayonlarida yoşlardan öz kuçlari va qobiliyatlarini işga solişda faollik körsatişlari kerak ekanligini bu jarayonda har qanday taşabbuslarni universitet rahbariyati qöllab-quvvatlaşini bildirdi.