Lavhadan ma'lum bölişiça, majlisda dekan örinbosari talaba qizlarga universitet hududiga ibodat libosida keliş taqiqlanişini, bunday kiyingan talaba qizlarni darsga kiritgan öqituvçilarga ham çora körilişini bildirgan.

«Öqişga ibodat libosida keliş taqiqlanadi, bunday kiyinganlarni darsga kiritgan öqituvçilarga ham çora köriladi. Taşqarida qanday yuriş özingizning ixtiyoringiz, lekin universitet hududiga kirgan vaqtda römolni orqa tarafga örab olişga majbursizlar.

Agar universitetning bu tartibi, qonun-qoidasi sizlarga töğri kelmasa, marhamat qilib universitet bilan şartnomani bekor qilişingiz va şunga ruxsat bergan boşqa OTMga ötişingiz mumkin», – degan u.

Özbekistondagi eng katta oliygohda bölib ötgan uşbu majlis ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining noroziliklariga sabab böldi. Köpçilik bu holatni içki tartib-qoidalar bahonasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini buziş deya baholadi. Şuningdek, oliy ta'lim muassasalari qaçongaça ilm-fan qolib, kiyiniş va «forma» kabi mayda-çuydalar bilan öralaşib yurişi tanqid qilingan.

Uşbu videolavha tarmoqda tarqalgan kunning özida dekan örinbosari Ravşan Omonov Facebook sahifasida holat böyiça izoh yozdi.

«Avvalo rizq Allohdan. Bu universitet içki tartib-qoidalari va Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 184-1-moddasi talabi böyiça keçki ta'lim yönalişida öqiydigan 1-kurs talabalari bilan ötkazilgan profilaktik suhbat va tavsiyaviy xarakterdagi körsatma bölgan, xolos. Lekin, heç bir talabaga majburiy ravişda bu talablarga böysuniş şarti qöyilmaganini ma'lum qilaman. Qolaversa, heç kim qizlarning römol öraşiga qarşi emas. Men topşiriq ijroçisiman. Ya'ni içki tartib-intizom va kodeksini men işlab çiqmaganman», – deya yozgan u.

Köp vaqt ötmay bu post öçirib taşlangan.

Keyinçalik, Ravşan Omonov öşa video böyiça postlardan biri ostida bunday topşiriqni aslida kimlar berişiga şama qilib ketadi, lekin aynan qaysi taşkilotligini oçiqlamaydi.