«Köpçilikni qiziqtirayotgan savolga javob şuki, bu işlarni bajarişga heç kim meni majbur qilmagan. Biror bir taşkilot yoki [universitet] rahbariyati tomonidan topşiriq bölmagan. Bu özimni yoş kadr sifatida, kasbiy malakam yetişmasligi oqibati deb bilaman. Şuning uçun şu xatolikka yöl qöydim.
Alhamdulillah, musulmonman. Aytmoqçimanki, videodan, mömin-musulmonlardan olgan saboğim şu böldiki, men xato qildim va buni tan olaman. Buning uçun keng jamoatçilik va barça dindoşlarimdan ojizona uzrimni sörayman», – deydi Ravşan Omonov YouTube'dagi Jsultonoff kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, 2 aprel kuni Omonov talabalar bilan ötkazgan majlisda yaşirin yozib olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Majlisda dekan örinbosari talaba qizlarga universitet hududiga ibodat libosida keliş mumkin emasligi, bunday kiyingan qizlarni darsga kiritgan öqituvçilarga ham çora körilişini bildirgan.
Şuningdek, u talabalarga bu tartib töğri kelmasa, universitetdan ketişni taklif qilgan.
Jamoatçilikning keskin noroziliklaridan söng Ravşan Omonov Facebook sahifasida va izohlarda özining şunçaki topşiriq ijroçisi ekanini va römolga qarşi emasligi, buyruqni bajarayotganini yozib çiqdi. Lekin bir qança vaqtdan söng postini ham, izohini ham öçirib taşladi.


Vaziyatga izoh bergan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va ÖzMU rektorati Ravşan Omonovga talabalarning römol öraşini taqiqlaş böyiça ular tomonidan heç qanday topşiriq berilmaganini ma'lum qildi.












