Londonning «Arsenal» klubi «Lion» hujumçisi Aleksandr Lyakazett bilan şartnoma imzolanganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida bayonot berilgan.

Manbaga köra, 26 yoşli fransuz hujumçisi londonliklar bilan uzoq muddatlik şartnoma imzolagan. Şartnomaning aniq muddati oşkor qilinmagan.
Ammo, VVS ma'lumotiga köra, «Arsenal» Lyakazett uçun 53 million yevro tölagan va qöşimça 7 million bonus evaziga bu summa 60 million yevroga yetişi mumkin. Futbolçi jamoa bilan 5 yillik bitimga imzo çekkan. Bu «Arsenal» va «Lion» tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylangan
Eslatib ötamiz, hujumçi Madridning «Atletiko» klubiga ötişga yaqin turgandi, biroq madridliklarga nisbatan transfer taqiqining joriy etilişi sabab, bu savdo amalga oşmay qolgandi.
Lyakazett «Lion» safida 2009 yilda debyut qilgandi. Aynan şu davrdan boşlab u lionliklar safida töp surib kelayotgandi.











