Kun.uz tahririyati Qaşqadaryo viloyatiga qilgan ijodiy safari davomida Şahrisabz tumani hokimi Ismat Nusurov bilan intervyu uyuştirdi. Mazkur suhbat asnosida dunyoning eng qadim şaharlaridan biri bölgan, “Qubbatul ilm val adab”, deya tavsif etilgan, bugun ham öz siyratini yöqotmagan Şahrisabzda erişilgan yutuq va öz yeçimini kutayotgan muammolar yuzasidan fikr yuritildi.
Şahrisabz şahri tabiiyki Özbekistondagi sayyohlik salohiyati yuksak hududlardan biri. Aynan mana şu masalaga töxtalar ekan, tuman hokimi şunday dedi: “Şahrisabzda turizm salohiyati yuqori. Tuman hududida 196 ta tarixiy va arxeologik yodgorliklar mavjud. Şundan 23 tasi YuNeSKO röyxatiga kiritilgan. Prezidentimizning Şahrisabz şahrini viloyatga böysunuvçi şaharlar tipiga kiritiş taşabbusi turizm sohasini rivojlantirişga özining katta hissasini qöşadi. Körsatkiçlarga e'tibor qaratadigan bölsak, ötgan yil Şahrisabzga 11 mindan ziyod xorijiy va 30 mingdan ziyod mahalliy sayyoh taşrif buyurgan. Bu yil ham mehmonlar sonini oşiriş borasida zarur harakatlar amalga oşirilyapti.
Buning uçun Buxoro va Samarqandda joylaşgan turistik firmalar bilan hamkorlik qilib, ularga Şahrisabzning turizm salohiyati namoyiş etildi. Buning samarasi ölaroq, 2017 yilning iyun oyiga qadar 7 ming horijiy sayyoh taşrif buyurdi. Bu körsatkiç yil oxiriga qadar 30 mingga yetişi maqsad qilingan”.
Inson salomatligi jamiyat hayotida eng ustuvor masalalardan biri. Aholi salomatligi mustahkam bölmas ekan, har qanday islohot öz mohiyatini yöqotadi. Inson salomatligi borasida Şahrisabzdagi bugungi kun holati qay darajada, qanday işlar amalga oşirildi va istiqboldagi rejalar nimalardan iborat? Şahar hokimi şunday dedi:
“Bizning tumanda 20 ta qişloq vraçlik punkti, şahar hududida esa 4 ta oilaviy poliklinika bor. Prezidentimiz tomonidan tibbiyot sohasini isloh qilişga qaratilgan qarorlariga asosan joylarda zarur çora-tadbirlar amalga oşirilyapti. Jumladan, Şahrisabz tumanida faoliyat yurituvçi QVPlarga murojaat qiliş 20 foizgaça bölgan bölsa, aholining qolgan qismi şahar markaziy şifoxonasi xizmatidan foydalangan. Qişloq vraçlik punktlari faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça qabul qilingan qarorga muvofiq Xalq deputatlari kengaşining sessiyasida mazkur masala körib çiqildi. Şunga muvofiq tumanda işlayotgan 20 ta QVPning 8 tasi oilaviy poliklinikaga aylantiriladigan böldi. Bu poliknikalar tez tibbiy yordam maşinalari bilan ta'minlanadi va ularda tor ixtisoslikka ega şifokorlar faoliyat yuritadi. Bundan taşqari, ular zamonaviy tibbiy jihozlar bilan boyitiladi.
Albatta, bu kabi oilaviy poliknikalar öz samarasini beradi. Aholiga öz vaqtida tibbiy xizmat körsatiladi, vaqt va moddiy jihatlar tejaladi. Bundan taşqari, qöşimça işçi örinlari yaratiladi”.











