Toşkentning «Bunyodkor» jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov faoliyatini Rossiyaning «Rostov» klubida davom ettiradi. Bu haqda Tribuna.uz'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.
Oldinroq Rossiyaning «Izvestiya» naşri Şomurodovning «Krasnodar»ga ötayotgani haqida xabar tarqatgandi. Unga köra, futbolçi krasnodarliklar jamoasi hujumçisi Fyodor Smolov örnini egallaşi lozim edi. Ammo «Bunyodkor» mutasaddilari va murabbiylar bilan yaqin aloqada ekani aytiladigan OFK sobiq komissari Alişer Nikimbayev bu ma'lumotni inkor qilib çiqdi.
«Şomurodovning keyingi jamoasi aniq. Ammo bu «Krasnodar» emas. RFPL jamoasi, lekin boşqa jamoa», deya yozgan Nikimbayev öz tvitterida.
Şomurodovning «Rostov» bilan tuzadigan şartnomasi şartlari oçiq qolmoqda.
Eslatib ötamiz, mavsum yakunlangaç, «Rostov»ni ma'lum muddat boşqargan Qurbon Berdiyev va asosiy tarkibning deyarli barça yetakçilari tark etişdi. Jumladan jamoaning asosiy hujumçilari Sardor Özmun va Dmitriy Polozning boşqa jamoaga ötib ketişi natijada rostovliklar hujumçi ampluasiga futbolçi qidirişayotgandi. Şomurodov klubni tark etgan futbolçilar örnini bosişi kutilmoqda.












