Ayni vaqtgaça Turkiya terrorçilik taşkilotlari bilan aloqadorlikda gumon qilingan 5 mingdan köproq kişini deportatsiya qilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan birga bergan matbuot-anjumanda aytib ötdi.
Erdöğanning aytişiça, deportatsiya qilinganlar orasida Janubiy Osiyo davlatlaridan çiqqanlar ham bölgan. Yana 53 ming kişiga Turkiyaga kiriş taqiqlangan.
Erdöğan Turkiya Suriya tomondan taralayotgan terrorçilik xavfini bartaraf etiş böyiça qadamlarga e'tibor qaratdi.
"Suriyaning Turkiya bilan çegaradoş hududlari IŞID jangarilaridan töliq tozalangan. Buning evaziga 100 ming suriyalik vataniga qayta olgan", deb aytgan Erdöğan.
Erdöğanning ta'kidlaşiça, "Frot qalqoni" operatsiyasi doirasida IŞIDning 3 mingdan köproq jangarisi, jumladan ularning yetakçilari bartaraf etilgan.












