Amerikalik tadbirkor Ilon Mask insoniyat jiddiy halokat yoqasida turganidan ogohlantirmoqda. Bu haqda Amerikaning CNBC telekanali xabar qilgan.
«Jahon aholisi kamaymoqda, ammo buni köpçilik körmayapti yoki bu haqda qayğurmayapti», — deya izohlagan tadbirkor Twitter sahifasida New Scientist jurnalidagi maqolani.
2016 yil noyabrida jurnal insoniyat kelajagiga doir xavotirlardan iborat maqolani çop etgan edi. Muallif Fred Pirsga köra, sayyora aholisi ikkita muammo bilan töqnaş keladi: aholi qarişi (tabiiy köpayişning yetarli bölmasligi) va oziq-ovqat zaxiralarining çeklangaligi. Şunga qaramay, muallif tibbiyotning sönggi vaqtlarda erişgan natijalari hamda butun dunyoda turmuş sifati kötarilganini e'tiborga olgan holda, kelajakda «keksa [inson] yangi yoş kişi bölişi mumkin», degan fikrni ilgari surgan.
Bundan avvalroq, Tesla Motors va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask insoniyatni robotlar inqilobi tufayli vujudga keladigan halokatdan ogohlantirgan edi.













