«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes jamoasini almaştirişni istamoqda, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.
Manba bergan xabarga köra, Sançes Xosep Gvardiola bilan yana birga işlaş uçun, u ustozlik qilayotgan «Mançester Siti»ga ötişni istamoqda. Şuningdek futbolçi «Arsenal»ga va boş murabbiy Arsen Vengerga hurmatini saqlab qolişini, lekin uning uçun Yevropa çempionlar ligasida iştirok etiş muhim ekanini tuşuntirişga harakat qilmoqda. Londonliklar uzoq tanaffusdan söng yangi mavsumda bu musobaqada iştirok eta olişmaydi.
Sançes «Mançester Siti»dan taklif bölgan va futbolçi bu taklifga rozilik ham bildirgan. Mankunianlar endi «Arsenal»ga futbolçi transferi uçun 47 million funt sterling taklif qilişmoqda.
Sançesning «Arsenal» bilan amaldagi şartnomasi 2018 yilga qadar möljallangan. Londonliklar futbolçiga yangi şartnoma taklifi bilan çiqişgan.











