Özbekistonda tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlovçi yagona jamğarma taşkil qilinişi kutilmoqda. Bu haqida 7 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bölib ötgan navbatdagi sessiyada Markaziy Bank departament direktor örinbosari Azimov Zafar Abdumajidoviç ma'lum qildi. Anjumanda iştirok etgan "Kun.uz" muxbiri şu haqida xabar berdi.

"Markaziy bank boşçiligidagi tijorat banklari tadbirkorlarimizni doimiy ravişda qöllab-quvvatlaydi. Biz buning tarafdorimiz. Hozir katta iş boşladik, bu mamlakatda tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlovçi yagona jamğarmani taşkil qiliş böyiça işlar boşlandi. Uning qanday körinişda bölişi, nizomi va boşqa ma'lumotlar kelgusida e'lon qilinadi. Bularning barçasi tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan", - dedi Markaziy bank vakili.  

Ekspertning sözlariga köra, joriy yilda tadbirkorlarimiz uçun juda köp xorijiy kredit liniyalari böladi. 

"Xitoyga taşrifimizdan söng Xitoy taraqqiyot banki, Rossiya Federatsiyasiga taşrifdan söng "Gazprombank", Osiyo taraqqiyot banki 150 million dollar miqdorida qişloq xöjalik mahsulotlarini saqlaş, qayta işlaşga doir alohida xorijiy liniya ajratgan. Aytmoqçi bölganim, bu yil valyutada beriladigan kreditlarimiz hajmi ham nihoyatda katta böladi", - deya ta'kidladi Azimov Z.A.