Senatning qirq töqqizinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.

Ta’kidlanişiça, keyingi yillarda mamlakatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qiliş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda sanitariya holatini va ekologik vaziyatni yaxşilaş, şuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari uçun şart-şaroitlar yaratiş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Biroq quriliş, işlab çiqariş va urbanizatsiya kölamlarining kengayişi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvçi moddalar çiqarilişining ortişiga sabab bölyapti.

Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va soğliğiga boşqa real xavf yuzaga kelişining oldini oliş uçun qonunlarda atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir körsatuvçi obektlarning faoliyatini maxsus vakolatli davlat organlarining qaroriga köra çeklaş yoki töxtatib turiş mumkinligi nazarda tutilgan. Şu bilan birga qonunçilikda tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini çeklaş yoki töxtatib turiş uçun asos bölgan noaniq ta’riflarning mavjudligi davlat organlarining diskretsion vakolatlari kengligi bilan boğliq korrupsiya holatlari paydo bölişiga olib kelişi mumkin.

Qonun bilan “Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida”gi hamda “Ekologik nazorat töğrisida”gi qonunlarga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini çeklaş yoki töxtatib turiş töğrisidagi qarorlarni, birinçi navbatda, aholining hayoti va soğliğiga xavf yuzaga kelişining oldini oliş zaruratini hisobga olgan holda qabul qiliş asoslarini aniqlaştiruvçi özgartirişlar kiritilmoqda.

Senatorlar fikriça, uşbu qonun ekologik vaziyatni yaxşilaşga, aholining hayotiga va soğliğiga xavf yuzaga kelişining oldini olişga, tadbirkorlik sub’yektlarini himoya qilişga, şuningdek, korrupsiya omillarini bartaraf etişga hamda vakolatli davlat organlarining mas’uliyatini oşirişga xizmat qiladi.

“Ekologiyaga oid qonunlarda va umuman qonunçilikda, noaniq, ya’ni turliça talqin qiliş va qöllaş mumkin bölgan normalarning bölişi töğri emas. Bu hol amaliyotda turli muammolar, tuşunmovçiliklar, noroziliklar va eng yomoni korrupsiya holatlarini keltirib çiqarişi mumkin.