AQŞ prezidentining qizi Ivanka Tramp Hamburgda ötayotgan G20 sammiti uçraşuvlaridan birida otasining örniga qatnaşdi. Bu haqda Rossiyaning G20’dagi vakillaridan biri Svetlana Lukaş öz Tvitterida ma'lum qilgan

AQŞ prezidenti Donald Tramp qizi Ivanka bilan Hamburgdagi G20 sammitida. 2017 yil 8 iyul

«Hamburgda ötayotgan G20 sammitining ikkinçi kuni Afrika, migratsiya va soğliqni saqlaş masalalarini muhokama qilişdan boşlandi. Ivanka prezident Tramni kuzatib kelmoqda... va otasi ikki tomonlama uçraşuvlarga ketgan çoğda G20 stolida uning örnini egallamoqda», — deb yozgan diplomat Tvitter’da.

Oq uy vakili G20 mamlakatlari yetakçilari uçraşuvi çoğida Ivanka orqa planda turgani, otasi majlisni tark etişga majbur bölganida esa «qisqa vaqt uning örnini egallab turgani»ni tasdiqladi.

«Boşqa davlatlar va hukumatlar rahbarlari ham zalni tark etişganida ularning ham örniga kimlardir ötirib turmoqda», — degan mulozim.

Spiegel jurnalining qayd etişiça, Donald Tramp yöqligida muzokara stolida rivojlanayotgan davlatlarda ayollarning bandligi masalasi muhokama qilinayotgan edi. 

Ivanka Tramp — prezident Trampning çexoslovakiyalik sportçi va fotomodel Ivana Zelniçkova bilan nikohidan tuğilgan tönğiç qizi hisoblanadi. Otasi davlat rahbari lavozimiga saylangaç, u jamoatçilik asosida uning yordamçisi bölib işlamoqda. Bir qator siyosatçilarning fikriça, u otasi va umuman, Oq uy siyosatiga ulkan ta'sir ötkazib kelmoqda.

Donald Trampning özi ham bir neça bor qizi bilan juda faxrlanişini aytib ötgan. Kunlarning birida, agar Ivanka uning qizi bölmaganida, qiz qaytaga osonroq işlagan bölardi, deb hazilomuz ohangda iqror bölgan.