2017 yilning birinçi yarmida Senatning ikki yalpi majlisida 6 qonun loyihasi kiritildi (bularning orasida xalqaro hujjatlar ratifikatsiyasi ham bor) va qonun tomonidan tasdiqlandi. Xalqaro Press-klubda bölib ötgan navbatdagi uçraşuvda Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi a'zosi B.Z.Asadov şu haqida ma'lum qildi.
"Qömitamiz nomidan kelib çiqqan holda, asosiy e'tibor taşqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirişga qaratildi. Uşbu munosabatlarni rivojlantiriş xorijiy investitsiyalarni jalb etiş yoki xalqaro moliyaviy institutlar resurslarni jalb etişga qaratilgan xatti-harakatlar bilan boğliq böldi. Jumladan, hozirgi kunda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB), Yevropa investitsion banki (YeIB) va boşqa banklar bilan tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan kreditlarni jalb etiş, ya'ni çet elda öz faoliyatini yuritayotgan xalqaro moliyaviy institutlar resurslarini Özbekistondagi investitsion loyihalarni amalga oşirişga jalb etişga qaratilmoqda.
Bundan taşqari, şu yilning birinçi yarmida Farğona şahrida YeTTB vakillari bilan kelajakda ajratiladigan kreditlarni oliş yöl-yöriğini tuşuntiriş maqsadida Namangan, Andijon, Farğona viloyat tadbirkorlari iştirokida katta amaliy seminar bölib ötdi.
Şuningdek hozirgi kunda taşqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş yölida mavjud bölgan muammolar, öz yeçimini kutayotgan masalalarni örganib çiqiş uçun maxsus ekspert guruhlarini tuzganmiz. Ötgan 6 oy mobaynida şu guruhlar bilan 9 uçraşuv bölib ötdi. Unda ekspertlar tomonidan, ya'ni tegişli vazirlik va idoralar tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalarning hammasini yiğib, tegişli vazirliklarga tavsiyalar va yöriqnomalar yöllandi.
Bundan taşqari, xorijiy parlamentlar bilan aloqalarni rivojlantirişni alohida qayd etiş joiz, şu yilning özida 6 davlat parlamenti bilan döstlik guruhlari taşkil etildi. Bular Xitoy, Qozoğiston, Gruziya va boşqa davlatlar. Bu guruhlar avvalambor ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişga nihoyatda katta yordam berdi.
Şuningdek qömita va senat a'zolaridan taşkil topgan guruhlar uçun çet elga safarlar uyuştirildi. Uşbu safarlar doirasida natijali hujjatlarga qöl qöyildi.
Misol uçun, Ozarboyjon yoki Gruziyaga borilganda öşa davlatlar hududidan kesib ötadigan tranzitda Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarga çegirmalar berildi, ya'ni Ozarboyjonda - 30 foizdan 50 foizga, Gruziyada 40 foizdan 50 foizga oşirildi. Latviyaga taşrif doirasida köplab hujjatlarga qöl qöyildi. Xususan, savdo uyi oçilişi, Özbekistonda işlab çiqariladigan mahsulotlar eksportiga oid va yana bir qiziq masala - Latviya portlarida xab oçiş masalasi, hozirda bu imkoniyatlar örganib çiqilmoqda, u mahalliy mahsulotlarimizning Yevropa bozoriga çiqişiga katta yordam beradi".













