Poklik, tozalik va obodlik yurtga baraka keltiradi. Işlar rivojiga turtki beradi. Bundan taşqari, toza-ozoda joylar aholi kayfiyatiga ham kötarinkilik bahş etadi.

Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahridagi aholi turar joylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, şahar köçalari, xiyobonlarni hamda şahar hududidagi barça korxona, taşkilot va muassasalar, savdo komplekslari atroflarini toza va ozoda saqlaş, şaharning barça hududlarida sanitariya holatini yaxşilaş maqsadida şahar hokimi I.Nusurov haftaning har şanba kunini “Tozalik kuni” deb e'lon qildi.

Şunga köra, 8 iyul kuni ötkazilgan umumxalq haşarida korxona va taşkilot xodimlari, yoşlar va jamoatçilik vakillari iştirok etişdi. Şahar köçalari çiqindilardan tozalandi, sohibqiron Amir Temur tomonidan qurdirilgan qal'aning eski örni tozalandi. Bundan taşqari, har bir fuqaro öz mahallasini tozalaş va bolalar maydonçasini tartibga keltiriş işlari bilan şuğullandi. Guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarda ham umumxalq haşari davom etdi.

Sarvar Anvar öğli
Kun.uz muxbiri