AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juma kuni Hamburgdagi G20 sammiti maydonlarida bölib ötgan muzokaralari mazmunini izohlab ötdi.

«Men ikki bor prezident Putin oldiga Rosssiyaning bizning saylovlarga aralaşuvi masalasini köndalang qöydim. U bu ayblovni mutlaqo rad etdi. Men bu masaladagi öz fikrimni bildirdim», — deb yozgan Tramp özining Twitter mikroblogidagi rasmiy sahifasida.

Tramp rossiyalik hamkasbi bilan tuzilişini muhokama qilgan kiberxavfsizlik böyiça işçi guruh «aralaşuv» masalalaridagi savollarga ham örin qoldirmasligidan umid qilayotganini bildirib ötdi. 

Uning ta'kidlaşiça, uçraşuvda tomonlar Suriyaning janubiy-ğarbiy qismida «jonlarni asrab qoluvçi» sulh tuzilişi haqida kelişib olişgan va «Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qilib yanada ilgarilaş uçun fursat yetgani»ni qöşimça qilgan.

«Biz Suriya hududlarida öt oçişni töxtatişga kelişdik, bu insonlarning hayotini qutqariş uçun. Endi Rossiya bilan konstruktiv hamkorlik qiliş vaqti keldi», — deya qayd etgan amerikaliklar yetakçisi.

Ilgariroq The New York Times gazetasi davlat kotibi Reks Tillersondan ma'lumot olgan Oq uy amaldorlaridan biriga tayanib xabar berişiça, Hamburgda davlat rahbarlari Rossiyaning Amerika prezidenti saylovlariga «aralaşuvi» deb ataluvçi masalani 40 daqiqa davomida muhokama qilişgan.

Prezidentlar uçraşuvi yarim soat davom etişi rejalaştirilgan bölsa-da, alal-oqibatda u ikki yarim soatga çözilgan.