«Real» klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu jamoaning vitse-sardoriga aylanadi.
Sardorlik boğiçi Serxio Ramosda qoladi va unga Marselo örinbosarlik qiladi.
Jamoadan Pepe ketgani uçun, uning örnini Ronaldu egallagan. Ramos va Marselo öyinga tuşa olmasa, jamoani aynan Ronaldu maydonga boşlab tuşadi.
2009 yildan buyon madridliklar safida töp surib kelayotgan Ronaldu 2013 yil 6 yanvarida ilk marta sardorlik boğiçini taqqandi. Öşanda «Real Sosedad»ga qarşi keçgan va 4:3 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyindan oldin sardor Iker Kasilyas va uning örinbosari Gonsalo Iguain zaxirada qolgan, Ramos va Marselo öyin zayavkasiga ham kiritilmagandi.
AS naşrida xabar qilinişiça, Ronaldu yakuniy qarorlarni qabul qilişda iştirok etadi. U klub prezidenti Florentino Peres bilan muntazam ravişda uçraşib boradi va Ramos hamda Marselo bilan birga muhim masalalarni muhokama qiladi.
Manba ma'lumotiga köra, jamoada törtinçi sardor vazifasini Karim Benzema bajaradi.












