Foydalanuvçilar Android tizimida maxfiy «vahima tugmasi» (panic button)ni aniqlaşdi. U xavfli ilovadan zudlik bilan çiqib ketadi. Bu haqda Bleeping Computer yozmoqda.

Maxsus tartib «Orqaga» tugmasining bosiliş oraliğini hisoblab boradi. Mazkur tugma ketma-ket 4 marta bosilsa, dasturiy ta'minot işga tuşgan ilovani töxtatadi va foydalanuvçini markaziy ekranga qaytaradi. Bu tizim işini tösib qöya oladigan zararli ilovalarning işlaşini töxtatiş uçun zarur. 

«Vahima tugmasi» ayni vaqtda sinovdan ötiş bosqiçida bölgani sababli Google uni e'lon qilgani yöq. Şunga muvofiq, uni Android 7.1 dasturining ayrim foydalanuvçilari SystemUI APK tizimidagi config.xml fayli orqali işga tuşirişlari mumkin. 

Şu yilning mart oyida axborot xavfsizligi mutaxassislari Samsung, LG, Xiaomi, Asus, Oppo va Lenovo smartfonlari avvaldan örnatilgan zararli dasturiy ta'minot bilan sotuvga çiqarilişini aniqlagan edi. Unga köra, turli qurilmalarda 6 turdagi har xil troyan dasturlari mavjud bölgan. Ulardan biri bölgan Loki dasturi maxfiy ma'lumotlarni öğirlab, uçinçi tomonga berişi va reklamani namoyiş etişi mumkin.