Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan arab mamlakatlari CNN telekompaniyasi tarqatgan hujjatlarni Amirlikning öz majburiyatlarini bajarmaganligi isboti deb baholadi. Unga köra, Doha Fors körfazi arab davlatlari kengaşi (Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni) doirasidagi majburiyatlarini bajarmagan. Bu haqda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misrning qöşma bayonotida söz yuritilgan.
"E'lon qilingan hujjatlar, Qatarning öz majburiyatlaridan boş tortganini tasdiqlaydi, - deya bayonotdan köçirmalar keltiradi Al Arabiya telekanali. – 4 davlatning ta'kidlaşiça, avvalroq ilgari surilgan 13ta talab asosida Ar Riyod kelişuvi, uni bajariş mexanizmlari va boşqa qöşimça kelişuvlar yotar edi".
Şunday qilib, "törtlik" fikriça, Doha rad etgan talablar "avval erişilgan kelişuvlarga mos kelar edi".
Avvalroq, CNN telekompaniyasi Fors körfazi mamlakatlari yetakçilarining inqirozdan çiqiş böyiça 2013-2014 yillarda imzolagan maxfiy kelişuvlar nusxalarini e'lon qilgan edi. Öşanda Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Dohadan elçilarini çaqirib olgan, Kuvayt vositaçiligida bölib ötgan 8 oylik muzokaralardan söng, Ar Riyoddagi uçraşuvda kelişmovçilikka barham bera olgan edi. Öşa vaqtda kelişuv imzolangani aytilgan bölsa-da, uning mazmuni noma'lum edi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, qölda yozilgan kelişuvlardan biri Saudiya podşohi, Qatar va Kuvayt amirlari tomonidan imzolangan. 2014 yilga tegişli va "Öta maxfiy" deya qayd etilgan kelişuv Bahrayn amiri, Abu Dabi merosxör şahzodasi va BAA boş vaziri tomonidan imzolangan.
Qatar hukumati, öz navbatida, amirlikka boykot e'lon qilgan mamlakatlarni FKADK nizomini buzişda ayblamoqda. Qatar hukumati huzuridagi OAV bilan işlaş departamenti rahbari Sayf ibn Ahmad Al Taniyning bayonotini Qatarning Al Arab gazetasi çop etdi.
"Qatar duç kelgan qamal Kengaş nizomi va 2013-2014 yillardagi Ar Riyod kelişuvi talablari hamda uni ijro etiş mexanizmlarining oşkora va qöpol ravişda buzilişidir, - degan u. – Ar Riyod deklaratsiyasining me'yorlari va bandlari FKADK mamlakatlari örtasida hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan bölib, Kengaşga a'zo davlatlar suverenitetini va içki işlarga aralaşmaslik tamoyilini tasdiqlaydi".














