Elektrokarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Lucid Motors kompaniyasi 1000 ot kuçiga Air elektrokarining soatiga 377,29 km tezlikka erişgani qayd etilgan videoni namoyiş etdi. Işlab çiqaruvçi aprel oyida uşbu avtomobilning soatiga 350 kmga çiqqanini körsatgan edi. Biroq, öşanda tezlik dasturiy ta'minot vositasida çeklangani ma'lum böldi. Yangi natija uşbu avtomobilning haqiqiy eng yuqori tezligidir. 

Sinov jarayoni Ohayo ştatidagi maxsus aylana tezlik yölida bölib ötgan. Unda test prototipidan foydalanilgan.

Lucid Motors kompaniyasida ta'kidlaşlariça, yuqori natijaga qaramay, bu seriyali avtomobil ega böladigan yakuniy eng yuqori tezlik emas. Şu bilan birga, işlab çiqaruvçi qanday tezlik birligini eng yuqori natija sifatida qayd eitişi ham noma'lum. 

Lucid Air elektrokari ötgan yilda namoyiş qilingan edi. 4 eşikli maşinaga jami 1000 ot kuçli 2ta elektromotor örnatilgan. U soatiga 100 km tezlikka 2,5 soniyada erişadi. Avvalroq, avtomobilning eng yuqori tezligi soatiga 315 kmni taşkil etişi xabar qilingan edi. 

Seriyali avtomobilga 2 töplam akkumulyator örnatiladi. Ularning hajmi 100 yoki 130 kVt*soatni taşkil etadi. Avtomobil bir marta quvvatlangaç, 640 kilometrlik masofani ortda qoldira oladi. 

Lucid Air kelasi yildan sotuvga çiqarilişi kutilmoqda. Uning narxi 100-160 ming dollar bölişi taxmin qilinayapti.