Boş qarorgohi Kaliforniya ştati Nyuark şaharçasida joylaşgan Lucid Motor kompaniyasi unçalik uzoq tarixga ega emas. Kompaniya 2007 yilda taşkil topgan, 2021 yil oxiridan boşlab esa öta haşamatli va samaradorligi yuqori bölgan premium elektromobillarni işlab çiqara boşlagan.
Lucid 2022 yilda 7200 ga yaqin avtomobil işlab çiqargan. Kompaniyaning Arizonadagi zavodida 4 xil markadagi maşinalar yiğiladi. Eng arzoni Air Pure – soliqlarsiz 87,4 ming dollardan boşlanadi.

Şuningdek, Air Touring (107 ming dollar, soliqlarsiz) va Air Grand Touring (138 ming dollardan boşlab, soliqlarsiz) modellari ham mavjud.
Elektromobilning asosiy samaradorligi – undagi batareya quvvatining uzoq masofaga yetişi, tez quvvatlanişi hamda avtomobilning tezlanişi, tezligida körinadi. Masalan, Lucid'ning eng arzon maşinasi 480 ot kuçiga ega, 15 daqiqada 200 mil (321 km) masofaga yetadigan quvvat oladi. Töla quvvat bilan 660 km masofani bosib öta oladi.

Air Sapphire – Lucid'ning 2023 yil sotuvga çiqişi kutilayotgan, ayni vaqtda buyurtmalar qabul qilinayotgan yangi modeli.

Narxi 250 ming dollardan boşlanuvçi bu premiumkar 1200 ot kuçiga ega, rasmiy relizga köra, 60 mil/soat (96 km/soat) tezlikka çiqişi uçun 2 soniya kifoya qiladi. Eng yuqori tezligi 200 mildan (321.89 km) oşadi.
Lucid'ning hamma modellari ovozli yordamçi, 360 gradus kamera, avtoparking, 3 ta displey va barça elektron qulayliklarga ega.
AQŞda istiqomat qilayotgan özbekistonlik Jahongir Raimbekov ayni vaqtda Lucid kompaniyasining sotuv bölimida işlaydi. Kun.uz muxbiri Amerikaga safari davomida hamyurtimiz bilan Lucid kompaniyasi haqida suhbatlaşib, yangi avlod avtomobilini test-drayv qildi. Batafsil videoda körişingiz mumkin.


















