Amerikalik boksçi Floyd Meyuezer va MMA jangçisi Konor Makgregor örtasidagi jangga bir oydan sal köproq vaqt qolganda Los-Anjyeles şahrida ilk bor matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Konor MakGregor özini ança erkin tutdi hamda bölajak raqibini 4 raunddayoq taslim qilmoqçiligini bildirib ötdi.

«Men undan, uning ringdagi çeklangan usullaridan qörqmayman. Agar bu haqiqiy jang bölganda, bir raund ham talab qilinmasdi. Kimningdir körsatkiçlaridan «0» sonini yöqotiş vaqti keldi. U tamom böldi. Sözlarimni eslab qoling, men uni tört raunddayoq nokautga uçrataman», — degan irlandiyalik sportçi.

Keyinroq söz olgan Floyd Meyuezer raqibidan qançalik ustun ekanini undan köra boyroqligi bilan isbotlamoqçi böldi. U Makgregorning barça «jöjaxörozliklari»ga raqibi jangi uçun 7 va 8 raqamli summalar oladigan jangçi uçun juda yaxşi körinişda ekanligini aytgan.

«Biroq men 9 raqamli summalar oladigan jangçiman. 100 millionlik jangçi qanday ahvolda qolişini körsatişga ijozat bering. Umuman olganda menda 100 million bor (şunday deb u sumkasidan çek çiqargan). U esa bunday summalarni tuşida ham körmagan. Men heç kimning oldida tiz çökmayman. Kim şuni istasa, navbatda tursin, men ularni birin-ketin taslim etaman. 26 avgust kuni men mana bu oliftani ham nokaut qilaman», — degan amerikalik sportçi.

Floyd Meyuezer va Konor MakGregor örtasidagi jang 26 avgust kuni Las-Vegasda bölib ötadi.