Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining örinbosari – taşqi işlar vaziri Raşid Meredov ÖzA muxbiriga mamlakatga amaliy taşrifi çoğida bölib ötgan uçraşuv va muzokaralar haqida sözlab berdi: 

– Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşiş şarafiga muyassar bölganimdan xursandman. 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning oçiq, işonçli, döstona munosabatlari mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlik rivojiga asos bölmoqda. Keng qamrovli, ğoyat samarali aloqalar xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilmoqda. 

Uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarni yuqori baholadi. Özbekiston Prezidentining joriy yil mart va may oylarida Turkmanistonga taşriflarida erişilgan kelişuvlar ijrosi tahlil qilindi. Özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama etildi. 

Savdo-iqtisodiy munosabatlar izçil rivojlanmoqda. Bu boradagi sa'y-harakatlar, vazirlik va xöjalik sub'yektlari örtasidagi aloqalar qöllab-quvvatlanmoqda. 

Özbek va turkman xalqlari qardoş, yaqin qöşni. Bizning tariximiz bir, tilimiz, qadriyatlarimiz muştarak. Bu madaniy-gumanitar hamkorlik rivojida muhim omil bölmoqda. Ta'lim, san'at, madaniyat, sport taşkilotlari, mamlakatlarimiz hududlari örtasidagi döstona aloqalar tobora mustahkamlanmoqda. 

Delegatsiyamizga körsatilgan izzat-ikromdan minnatdormiz. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi hamkorlik va qardoşlik aloqalari yanada mustahkamlanişidan manfaatdormiz.