O‘zbekiston | 08:29 / 27.08.2022
7446
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga «Do‘stlik» ordeni topshirildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga tashrifi doirasida Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga «Do‘stlik» ordenini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, u O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini, strategik sherikchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun orden bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonini tashqi ishlar vaziri v.b. V.Norov o‘qib eshittirdi.

R.Meredov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri bundan buyon ham ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va strategik sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish niyatida ekanini ta’kidladi.

Mavzuga oid