Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zambiya parlamenti 90 kunlik favqulodda holat tartibini ma'qulladi
Afrikaning Zambiya davlati parlamenti mamlakat prezidenti Edgar Lunguning favqulodda holat tartibi to‘g‘risidagi qarorini ma'qulladi. Tanqidchilar bu hujjatni prezidentning o‘z hokimiyatini mustahkamlash yo‘lidagi qaror sifatida baholashmoqda.
Parlamentdagi muxolifat a'zolari 11 iyul kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida ishtirok etishmagan. Ular prezidentni qo‘llab-quvvatlovchi hukmron partiyaning 85 nafar a'zosining o‘zlarini qoldirishgan.
Lungu poytaxt Lusaka shahrining markaziy bozorini yoqib yuborishda muxolifatni ayblab, ular aholi orasida qo‘rquv va terrorni yoymoqchi ekanini ta'kidlagan. Uning fikricha, shu sababli, favqulodda holat tartibini joriy qilish bilan keskin choralar ko‘rish kerak.
Afrikaning barqaror va birmuncha demokratik mamlakatidagi vaziyatning taranglashuviga muxolifatning bosh yetakchisi Hakainde Hichilemaning qo‘lga olinishi asos bo‘ldi. U o‘tgan yilgi saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Hichilema yana besh kishi bilan birga qonuniy hukumatni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda.
Hukmron Vatanparvarlar fronti siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan holda varvarlarcha elektr tarmoqlariga o‘t qo‘yilishiga chek qo‘yish maqsadida huquq-tartibot idoralariga keng vakolatlarni taqdim etdi.
Shunday qilib mamlakat politsiyasi Zambiya favqulodda holat qonunchiligiga ko‘ra, mitinglarni taqiqlashi, yo‘llarni to‘sishi, harakatlanishni cheklashi mumkin.
Hichilemaning Milliy taraqqiyot uchun birlashgan partiyasi Lunguning qarorini demokratiyani so‘ndirish va diktatorlikka hozirlik ko‘rish deb baholadi.
Mavzuga oid
22:46 / 20.02.2026
Zambiyaning sobiq prezidentini 8 oydan beri dafn qila olishmayapti
13:16 / 03.01.2026
Maduro favqulodda holat joriy etish haqida farmon chiqargani aytilmoqda
22:55 / 16.09.2025
Zambiyada ikki erkak sehr yordamida prezidentni o‘ldirishni rejalashtirgani uchun qamaldi
15:37 / 21.07.2025